Namozda tirsaklar holati
Assalomu alaykum! Men @savollar_kanal kanalida manbasi Muslimaat.uz kanali bo‘lgan ayollar namozi haqidagi maqolani o‘qib namozlarimni xuddi shu maqolada yozilgan tartibda o‘qir edim. Unda tirsaklar erga tekkiziladi deb yozilgan. Yaqinda esa shu kanalda, ya‘ni @savollar_kanal dagi 7474-savolning javobini o‘qib biroz ikkilanib qoldim. Unda aytilishicha namozxon kaftlarini erga qo‘yib chig‘anoqlarini ko‘tarib turishi kerak ekan. Tirsaklari itga o‘xshab yoymasin deyilgan. Shunga biroz tushunmadim. Sizlardan iltimos, shu masalaga oydinlik kiritib bersangiz. Shu paytgacha namozlarimni xato o‘qidimmi degan hovotir bor. Va javobni telegramdagi kanalga qo‘ysangiz, iltimos. Alloh hammamizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayollar bilan erkaklarning namozi o‘rtasida farq bor. Tirsaklar erga tegib turishi ayollar namoziga oid. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing.https://fiqh.uz/maqola/169
6 May 2022, 00:45 | Savol-javoblar | 165 | Namoz