Tahoratli bo‘lish kerakmi?

Assalomu alaykum! Yosh bolaliman. Bolamni emizayapkanimda suralani o‘qib emizaman. Kechqurun uyg‘onganda tahoratli bo‘lmayman. Shu holatda ham tilovat qilib emizsam bo‘ladimi yoki har doim tahoratli bo‘lishim shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kichik tahoratsizlikda oyatlarni yoddan tilovat qilish uchun tahorat shart emas. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 09:07 | Savol-javoblar | 174 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar