Arafa ro‘zasi

Assalomu alaykum! Yaqinda qurbon hayiti yaqinlashmoqda. Arfa kuni ro‘za tutsa ajri katta bo‘ladi deb eshtdim. Savolim shuki arafa kuni ro‘za qanday tutiladi qaysi vaqtdan qaysi vaqtgacha?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ramazon ro‘zasi kabi tutiladi. To‘g‘ri taqvimdagi bamdodning vaqti kirishidan oldin eb ichishni to‘xtatib niyat qilinadi. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، قَالَتْ: كَانَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم، يَقُولُ: صِيَامُ يَوْمِ عَرَفَةَ، كَصِيَامِ أَلْفِ يَوْمٍOisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Arafa kunining ro‘zasi ming kunning ro‘zasi kabidir», dedilar».عَنْ أَبِى قَتَادَةَ  رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِىِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: صَوْمُ عَرَفَةَ، كَفَّارَةُ سَنَتَيْنِ: سَنَةٍ قَبْلَهُ، وَسَنَةٍ بَعْدَهُ ...Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Arafa kunining ro‘zasi ikki yilga kafforatdir: undan oldingi va undan keyingi yilga...», dedilar».عَنْ أَبِي قَتَادَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، أَنَّ النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم، قَالَ: صِيَامُ يَوْمِ عَرَفَةَ، إِنِّي أَحْتَسِبُ عَلَى اللَّهِ، أَنْ يُكَفِّرَ السَّنَةَ الَّتِي قَبْلَهُ، وَالسَّنَةَ الَّتِي بَعْدَهُAbu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Arafa kunining ro‘zasi sababli Alloh taolo undan oldingi bir yil va undan keyingi bir yilni kafforat qilishini umid qilaman», dedilar».
Masala: Zulhijjaning to‘qqizinchi kuni, ya’ni arafa kuni ro‘za tutish ulkan savoblarga sabab bo‘ladi. U sababli bir yil oldingi va bir yil keyingi gunohlar kechiriladi. Agar zulhijja oyini dastlabki kunlaridan to to‘qqizinchi kuniga qadar ro‘za tutilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi
Foyda: Zulhijjaning o‘ninchi kunidan o‘n uchinchi kunigacha, ya’ni to‘rt kun ro‘za tutish haromdir. Shu bois dastlabki to‘qqiz kunda ro‘za tutish fazilatlidir. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:48 | Savol-javoblar | 148 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar