Faqat eko orqali xomilador bo‘ladigan ayol bilan yashash

Assalomu alaykum! EKO ya’ni suniy xomiladorlik yuzaga keltirish to‘g‘risida konsultatsiyaga borgandik, (2ta joyga bordik. Ikkala doktor xam bir xil tashxis va maslaxat berdi) Bachadon naychasida suv bor ekan. Uni dorilar bilan davolash, yoki suvini olib tashlash samarasi juda past ekan. Xaqiqatda ayolim dorilar bilan muolaja oldi, lekin foydasi bo‘lmadi. EKOning samarali bo‘lishi uchun xam ikkala naychani xam olib tashlash kerak ekan. Lekin keyin ayolim faqat EKO orqali xomilador bo‘la olarkan. Savolim : Keyin qanday yo‘l tutamiz? Turmush qurganimizga 8 yil bo‘ldi farzandimiz yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu masalani sohaning mutaxassislari bilan mapslahat qiling. Agar bundan boshqa chora bo‘lmasa, shariatning ko‘rsatmalari asosidagi EKOga muvofiq qilinsa, joiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 09:29 | Savol-javoblar | 196 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar