Chet elda juma namozi

Assalomu alaykum! Xitoyning Chongqing provinsiyasi Fuling tumanidagi bir universitetda ta’lim olaman. Fulingda masjid topilmaydi, lekin Chongqingda masjidlar bor. Fuling va Chongqing o‘rtasida taxminan 100 km masofa bor. Ushbu holatda juma namozini Chongqingga borib farzni ado qilishim kerakmi? Hozirgacha juma o‘rniga o‘zimizda peshin namozini o‘qib kelyapman. Javobingiz uchun katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Borishingiz vojib emas. Butkul tashlab qo‘yishingiz ham to‘g‘ri emas. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 11:09 | Savol-javoblar | 166 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar