Qo‘lni siltash hadis
Assalomu alaykum! Ustozlar savolim shuki, "Al jome’ as-sahih" asaridan (Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallam namozga keldilar imomlikka o‘tganlaridan so‘ng, aloqadan so‘ng g‘usl qilmaganliklari yodlariga tushib qolib qaytib kirb ketib g‘usl qilib chiqdilar va qo‘llarida suvni siltab tashladilar mazmundagi hadisni o‘qiganman, ushbu hadisni o‘zida hadisni tarjima qilgan ulamolar qo‘lni siltash makruh emasligini isbotlaydi (siltaganda zarar berish bundan mustasno) deb sharxlaganlar, lekin men savol javoblarda shayx hazratlarini javobida makruh ekanligini o‘qidim. Men hayotda ushbu hadisga amal qilib kelar edim, so‘raganlarga qo‘lni siltash makruh emas der edim. Iltimos ushbu hadisni yoritib bersalaringiz va nimaga makruh ekanligi iloji bo‘lsa tushuntirib bersalariz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri, o‘zgalarga ham sachraydigan darajada qilish makruh. Sachratmasa makruh emas. Nimasi tushunarsiz? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aniqki birovga ozor beradigan qilib sachratgan emaslar. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 09:34 | Savol-javoblar | 151 | Hadislar