Kreditga olingan buyumni naqat pul qilish

Assalomu alaykum! Maishiy texnika sotib olmoqchi edim. Bozorga borsam men olmoqchi bo‘lgan maishiy texnikalar bor ekan, lekin ulgurji narxidanda arzon. Sababini so‘rasam ularga odamlar magazinlardan kreditga olib naqd pul qilish maqsadida arzonga sotib ketishar ekan. Men shu kreditga olib naqd pulga sotib ketilgan tovarlarni o‘zimni naqd pulimga sotib olsam bo‘ladimi? Chunki bu texnikalar xam yangi narhi xam arzon yoki joiz emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizning sotib olishingizni zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 09:40 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar