Asr va xufton namozidagi sunnat

Assalomu alaykum! Ba’zi o‘lkalarda asr va xufton namozlaridan avval 4 rak’at sunnat o‘qiladi. Buning sababi nima? Rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنِ ابْنِ عُمَرَ  رضي الله عنه، عَنِ النَّبِيِّ  صلي الله عليه وسلم قَالَ: رَحِمَ اللهُ امْرَأً صَلَّى قَبْلَ الْعَصْرِ أَرْبَعًا. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ 565. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Asrdan oldin to‘rt rak’at namoz o‘qigan odamni Alloh rahm qilsin», dedilar».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Nabiy sollallohu alayhi vasallamning gapirish ohanglarining o‘zi bu namozning ta’kidlanmagan, qo‘shimcha namoz ekanligini ko‘rsatib turibdi. Kim rag‘bat qilib, Asrdan oldingi to‘rt rak’at sunnatni Nabiy sollallohu alayhi vasallamning tavsiyalari deb niyat qilib o‘qisa, savob oladi, Alloh taolo unga rahm qiladi.("Hadisa va Hayot" kitobidan). وعن عائشة رضي الله عنها أن النبي صلى الله عليه و سلم ( كان يصلي قبل العشاء أربعا ثم يصلي بعدها أربعا ثم يضطجع Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi : "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xuftondan oldin va keyin to‘rt rak’at namoz o‘qir, so‘ng yotar edilar". (Xoshiyatut Tahoviy ala maroqil falah). Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:02 | Savol-javoblar | 138 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar