Smartbuk aktsiyasi
Assalomu alaykum! Alloh taolo qilayotkan ishlaringizdan, o‘zlarizdan, axli-baytlarizdan va bizlardan rozi bo‘lsin. Xozirgi kunda o‘tkazilayotkan aktsiya xaqida so‘ramoqchi edim. So‘rashdan oldin savol-javoblarni aktsiya mavzusi bo‘yicha ko‘rib chiqtim. U erda xaloli xam bor ekan nojoizi xam bor ekan. Arab tilini o‘rganish uchun smart buk chiqgan ekan, va ularda shu kitobni xarid qilgan odamga aydi nomer berishar ekan, kelgusida kitobni xarid qilgan mijozlar o‘rtasida aktsiya-umra safri uchun yo‘llanman berishar ekan. Kegin qurraga o‘xshatib( xozirgi kunda barabanda qilishyaptiyu) shu baraban ichida kimning aydi kartasi chiqsa shu insonga 2 kishilik umra safariga yo‘llanma berishar ekan. Albatta bunday ishni qilayotkan odamlar o‘rganib chiqib kegin qilishga qaror qilishgan deb umid qilyapman. Shunga sizlardan bir og‘iz so‘rab olay deganim edim. Bu lotoreyamasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar umraning pulini ham kitobni puligi qo‘shib qo‘yilgan bo‘lsa yoki odamlar umrani yutib olishlari uchun sotib olishsa lotoreya bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:33 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom