O‘lganlarga atab qilingan yig‘inlar
Assalomu alaykum! Yaqinda amakimiz vafot ettilar lekin amakimizning o‘g‘li payshanbalik u qirqi degan xudoyilarni qilmadi albatta bunga biz yoshlar qarshimiz,,oradan 2 hafta o‘tar o‘tmas buvimiz ham omonatlarini topshirdilar ularni payshanbalik degan bir yig‘inlarini qildirishdi kattalar lekin qirqi degan narsalarga qarshimiz o‘rnilariga ehson qilaylik desak birgina ammamiz ko‘nmayaptilar bulardan o‘likka foyda yo‘q bular odamlar o‘ylab topilgan bid,at narsalar desak man 60 yoshga kirib shu yoshimgacha bu amallar qilinganini ko‘rganman o‘lganlar bizdan umidvor bo‘ladi deb ro‘yxushlik bermayapti o‘zi bundam marakalar bor narsami bulardan o‘lganlarga nima foydayu nima zarar biz farzandlar endigina 22 yoshdamiz kattalar qanchalik to‘g‘ri aytishyapti biz 5 mahal namoz o‘qiymiz alhamdulillah oz bo‘lsada tushunchalarimiz bor lekin shu masalada aniq bir narsa deyishga ojizman javob beringlar iltimos
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savob ishlar va ehsonlar qilib savobini o‘tganlarga bag‘ishlash shariatimizda bor. Ammo uni muayyan kunlarga va vaqtlarga belgilab tayin qilib olish shariatimizda yo‘q. Ayniqsa payshanbalik, uch, etti, yigirma, qirq, ellik ikki va yil kabilar bid’atdir. Shuning uchun o‘tganlariga savob etkazmoqchi bo‘lgan kishi oilasining rizqini qirqmay, qarz olmay imkoni borida kun sanamay qilishi kerak. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 09:51 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar