Namozni qanday o‘qiydilar

Assalomu alaykum! Onam ichaklarini saraton kasali tufayli amaliyot kilishdi. Yara chiqqan ichakni kesib tashlab ichakni qorinlaridan bir uchini chiqarib qo‘yishgan, stoma deb aytar ekan fan tilida. Taxorat qiladilar lekin namoz paytida najosat xam el xam chiqib ketaveradi namozni pok xolatda o‘qish kerak, onamla benamoz bo‘lib yurolmidila lekin bu xolatdagi namozlarim o‘tarmikin dib yig‘layveradilar. 1 yarim yildan beri shu xolatda yuribdila namozlarini qanday o‘qisalar komil bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Onangiz katta ehtimol bilan sohibi uzrga aylangan bo‘lsalar kerak.
Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing:https://fiqh.uz/maqola/586عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: الشُّهَدَاءُ خَمْسٌ: الْمَطْعُونُ، وَالْمَبْطُونُ، وَالْغَرِيقُ، وَصَاحِبُ الْهَدْمِ، وَالشَّهِيدُ فِي سَبِيلِ اللهِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا أَبَا دَاوُدَ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Shahidlar beshtadir: vaboda o‘lgan, qorin kasalligi bilan o‘lgan, suvga g‘arq bo‘lib o‘lgan, qulagan narsaning ostida qolib o‘lgan va Allohning yo‘lida shahid bo‘lganlar», dedilar.
Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan.
Sharh: «Shahidlar beshtadir»:
a) «Vaboda o‘lgan». Bir yurtga vabo tarqalsa-yu, u erdagi odam Islomda vabo tarqalgan joydan boshqa joyga chiqib bo‘lmaydi, deb o‘sha erda sabr qilib turib, o‘lsa, shahid bo‘ladi. Chunki u odam dinimiz hukmiga amal qildi va vaboning boshqa tomonlarga tarqalmasligi uchun hissa qo‘shdi.
b) «Qorin kasalligi bilan o‘lgan». Bu ham o‘limning kishi afsus qiladigan darajadagi bir turidir. Xususan, o‘sha vaqtlarda bu dardga nisbatan alohida e’tibor bilan qaralgan bo‘lishi mumkin.
v) «Suvga g‘arq bo‘lib o‘lgan». Bu ham to‘satdan va fojiali ravishda keladigan o‘lim ekanligi hammaga ma’lum. Shuning uchun ham bunday o‘lim topgan odam shahid hukmida bo‘ladi.
g) «Qulagan narsaning ostida qolib o‘lgan». O‘sha vaqtlarda yiqilgan devorning ostida qolib o‘lish holatlari ko‘p bo‘lgan. Bu o‘lim ham cho‘kib o‘lish kabi to‘satdan va fojiali bo‘lganligi uchun bunday o‘lim topgan odamga ham shahidlik hukmi berilgan.
d) «Allohning yo‘lida shahid bo‘lganlar». Bular dushmanlarga qarshi Islom yo‘lidagi jangda halok bo‘lgan kishilardir. Haqiqiy shahidlar shular ekanligi hammaga ma’lum. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

14 May 2022, 11:42 | Savol-javoblar | 161 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar