Vitr namozi sajdasidagi zikr

Assalomu alaykum! savol: «Subbuhun Quddusur Robbuna va Robbul Malaikati varruh.». Shu kalimani vitr namozining sajdasida uch marta «Subhona robbiyal a’la»dan keyin o‘qishlikni bobom tavsiya qilgandilar. Nega deb so‘ramaganimga afsusdaman. U kishi vafot qilganlar. Lekin shu kalimani har doim vitr namozi sajdasida aytib yuribman joizmi?
Endi sizlarga murojaat qilishga qaror toptim. Nima deb o‘ylaysiz? Ma’nosini ham bilmoqchiman. Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aytishingiz joiz. عن عائشة رضي الله عنها: أن النبي صلى الله عليه وسلم كَانَ يَقُولُ: فِي رُكُوعِهِ وَسُجُودِهِ: سُبُّوحٌ قُدُّوسٌ، رَبُّ الْمَلَائِكَةِ وَالرُّوحِ Oisha roziyallohu anho aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’ va sajdalarida «Subbuuhun, qudduusun Robbul malaaikati var Ruuh» der edilar». * Ma’nosi: «(U Zot) Subbuhdir, Quddusdir, farishtalar va Ruhning Robbidir». Izoh: «Subbuuh» – Alloh taoloning ismlaridan bo‘lib, nuqsonlardan pok degani. «Quddus» ismi esa muqaddas demakdir. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 14:41 | Savol-javoblar | 165 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar