Oila ayolni ham roziligining e’tibormi bormi

Assalomu alaykum! Shariatimizda ko‘pinchi ayol kishi erini rozi qilish kerak deyiladi. Savolim shunday iborat: men 64 yoshda man meni erim ko‘p dilimni og‘ritgan va menga xiyonat qilgan. 4 yildan beri birga yashamimiz, men xam shunday bo‘lishini xoxlamas edim Allohdan qo‘rqaman. Erim xam meni rozi qilishi kerak emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta shariatimizda ayolni ham huquqlari bor. Ularga tajovuz qilgan va haqini poymol qilganlar ham javob berishadi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَتَدْرُونَ مَا الْمُفْلِسُ؟ قَالُوا: الْمُفْلِسُ فِينَا مَنْ لَا دِرْهَمَ لَهُ وَلَا مَتَاعَ، فَقَالَ: إِنَّ الْمُفْلِسَ مِنْ أُمَّتِي مَنْ يَأْتِي يَوْمَ الْقِيَامَةِ بِصَلَاةٍ وَصِيَامٍ وَزَكَاةٍ، وَيَأْتِي قَدْ شَتَمَ هَذَا، وَقَذَفَ هَذَا، وَأَكَلَ مَالَ هَذَا، وَسَفَكَ دَمَ هَذَا، وَضَرَبَ هَذَا، فَيُعْطَى هَذَا مِنْ حَسَنَاتِهِ وَهَذَا مِنْ حَسَنَاتِهِ، فَإِنْ فَنِيَتْ حَسَنَاتُهُ قَبْلَ أَنْ يُقْضَى مَا عَلَيْهِ أُخِذَ مِنْ خَطَايَاهُمْ فَطُرِحَتْ عَلَيْهِ ثُمَّ طُرِحَ فِي النَّارِAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kasodga uchragan kimligini bilasizlarmi?» dedilar.

«Bizning ichimizda kasodga uchragan dirhami ham, matohi ham yo‘q odam», deyishdi.
«Albatta, ummatimdan kasodga uchragani qiyomat kuni namoz, ro‘za, zakot bilan kelgan, ammo buni so‘kkan, buni zinoda ayblagan, buning molini egan, buning qonini to‘kkan, buni urgan odamdir.
Bunga uning savoblaridan berilur, anavinga ham uning savoblaridan berilur. Agar uning zimmasidagi narsa tamom bo‘lmasdan avval savoblari tugab qolsa, ularning xatolaridan olinib, uning ustiga tashlanur. So‘ngra u do‘zaxga tashlanur», dedilar».
Sharh: To‘liq ma’noda kasodga uchragan odam bu dunyoda odamlarga yomonlik qilgan kishi ekan. Ushbu hadisi sharifda o‘sha kasodga uchraganlarning eng yaxshisi haqida so‘z ketmoqda. Chunki u qiyomat kuni namoz, ro‘za, zakot bilan kelgan bo‘ladi.
Avval o‘sha kasodga uchragan baxtsizning savoblari bo‘lsa, ularni olib, undan yomonlik ko‘rgan bechoralarga taqsimlab beriladi.
Keyin esa mazkur kasodga uchragan baxtsizning ustiga bu dunyoda uning yomonligidan zarar topgan bechoralarning gunohlari yuklanadi.
Oxirida o‘sha kasodga uchragan baxtsiz jahannamning qa’riga uloqtiriladi.
Ana, ko‘rdingizmi, birovni so‘kish, birovning obro‘sini to‘kish, birovning molini eyish, birovning qonini to‘kish va birovni urish qanday ham yomon ish! Bas, bularga o‘xshagan yomon ishlardan saqlanaylik.وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَتُؤَدَّنَّ الْحُقُوقُ إِلَى أَهْلِهَا يَوْمَ الْقِيَامَةِ حَتَّى يُقَادَ لِلشَّاةِ الْجَلْحَاءِ مِنَ الشَّاةِ الْقَرْنَاءِ. رَوَاهُمَا مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّYana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta, qiyomat kuni haqlarni o‘z ahliga ado qilursiz. Hattoki, shoxli qo‘ydan shoxsiz qo‘yga o‘ch olib beriladi», dedilar».

Ikkisini Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

12 May 2022, 10:02 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar