Namoz vaqti

Assalomu alaykum! Bizni viloyatda xufton 21:36 da kirar ekan,shahrimizda undan ham kechroq ikki-uch minutga.Namozni masjidimizda 21:30da o‘qiyapmiz,azon taxminan 21:27da aytilyapti.Namozning shartlaridan biri vaqti kirgan bo‘lishi kerak-ku. Savol:O‘qiyatgan namozimiz durustmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shomning ikki vaqt bor. Biri qizil shafaq yo‘qolgunicha, ikkinchisi undan keyin keladigan oq shafaq ham yo‘qolgunicha. Bizning diyorlarda bir necha yildan beri xuftonni qizil shafaq yo‘qolganidan keyin o‘qiyapmiz. Shomni qizil shafaq yo‘qolgunicha kechiktirmaslik kerak. Shomniki undan to shafaq g‘oyib bo‘lguncha. U qizg‘ishlikdir va bunga fatvo berilgandir. "Kifoya" kitobidan. Xuddi shuningdek peshinning ham ikki vaqti bor. Biri har bir narsaning soyasi bir misl bo‘lgunicha, ikkinchisi ikki misl bo‘lgunicha. Qish kunlari diyorimizda asr namozini ikki misl kirmasidan oldin o‘qiladi. Shuning uchun peshinni bir misldan keyinga kechiktirmaslik kerak. 21:27da qizil shafaq yo‘qolgan bo‘ladi.  Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 00:09 | Savol-javoblar | 197 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar