Allohni eslash
Assalomu alaykum! Ustozlar bugun telegram kanallarizda zikr ahlidan sorang guruhida shunday savol bolgan ekan yani ALLOXNI TASSAVUR QILISh @Savollar_kanal 9479-savol Assalomu alaykum! Allohni tassavur qilish mumkin emasligini, bu narsa shirk ekanligini bilaman. Ba’zida shu o‘zim xoxlamagan xolda tassavur qilib qoyaman. Shunday xollarda nima qilay maslaxat bering. Allohga shirk keltirishdan qo‘rqaman. JAVOB: – Va alaykum assalom! Tasavvur qilmang. Shu holat kelsa, tezda boshqa narsa bilan chalg‘ing. Boshqa gap yo‘q. Vallohu a’lam! Shu holatda men olimni va Allohni kop eslab turaman va nomozda ham Allohni korib turganday yoki Alloh meni korib turganday tasavvur qilib nomoz oqishga harakat qilaman men hayolni boshqa narsa bilan band qilsam ham baribir yana shu hayollar kelaveradida yani Allohni eslaganda beixtiyor qandayligini tasavvur qilib eslayman men bundan qutila olmayapman savolda berilganday shirk boladimi bu iltimos menga yol korsating Javobingiz uchun oldindan raxmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yodlagan suralaringizni ma’nolarini ham yodlab, zam sura qilayotganingizda ma’nolarini tafakkur qilib o‘qing. “Ruhiy tarbiya” kitobini o‘qing va o‘qiganlaringizga amal qiling. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 10:13 | Savol-javoblar | 163 | Aqiyda