Onlayn o‘yinlar yaratish

Assalomu alaykum! Men dasturchiman shaxmat va shashka va shunday aql bilan o‘ynaladigan o‘yin yaratmoqchiman. O‘yinchilar har safar g‘olib bo‘lganda ular bal to‘plashadi. Malum muddat ichida eng ko‘p bal to‘plaganlarning 200 tasiga o‘rniga qarab pul mukofotlari beriladi. O‘yinchilar umuman pul to‘lashmaydi. Sovrin saytga qo‘yilgan reklamardan tushgan pul mablag‘idan beriladi. Menga bir inson odamlar puldan tashqari boshqa narsani sarflashlari ham qimor dedi. Masalan o‘yinchilar o‘yindan yutuq uchun qo‘yilgan mabla‘gdan tashqari sarflagan vaqtlari uchun nimadir olishlari kerak masalan aql charxlovchi savollar va ulardan o‘ziga hos tajriba. Shaxmat va shashkadam manaviy va hayotda ishlatiladigan ko‘nikma yo‘q va bunday o‘yinda vaqt tikiladi va bu qumor dedi. Matematik va grammatik savollar va boshqa turli savollardan tuzilgan viktorina bo‘lsa bo‘ladi dedi. Men shxmatni deyarli yaratib bo‘ldim va bu qimormi degan gumonga borib qoldim. Nima qilay shaxmat o‘yini yaratishni davom etaymi yoki faqat matematik va grammatik savollar o‘yini qilaymi. Iloji bo‘lsa menga yaratishim mumkin bo‘lgan o‘yinlar ro‘yxatini bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz o‘yin qilish iste’dodingiz bo‘lsa biror ilmiy narsa, ya’ni odamlarni ilmini kuchaytirishga sabab bo‘ladigan narsa qiling. Masalan islom.uzdagi “Olim bola” proektini ko‘ring, shunga o‘xshash narsa. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 10:13 | Savol-javoblar | 156 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar