Ma’lumotlarni o‘qituvchiga aytmasdan tashqariga tarqatish

Assalomu alaykum! Abiturientmiz. Karantin sababli oliygohga tayyorgarlik ko‘rishimiz biroz qiyin bo‘ldi. Bu orada ijtimoiy tarmoqlarda masofaviy pullik o‘quv kurslari ham ko‘paydi. Biz ham ulardan biriga a’zo bo‘lishga harakat qildik. Bunda to‘lov oldindan klik orqali amalga oshiriladi. Shundan so‘ng o‘quvchilar uchun alohida yopiq, ya’ni begonalar yashirin kira olmaydigan kanal tashkil etiladi. Savolimiz shuki shu kursga bir necha do‘stlar kelishib faqat bittamiz to‘lov orqali qo‘shilib, so‘ng yopiq kanaldagi ma’lumotlarni o‘qituvchiga xabar bermasdan tashqaridagi do‘stlarga tarqatish joizmi. Bu ish halolmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yo‘q. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 10:13 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar