Biznes boshlash
Assalomu alaykum! Yoshim 20 da Alhamdulillah. Dadamga yordam berish maqsadida man ham akam(tugishgan akam emas,amakimni o‘g‘li) bilan birgalikda yangi biznes qilmoqchi edik. 1. Shunga nima maslahat berasizlar, nimalarga eetibor bersak barokatli, rivojli bo‘ladi qilgan biznesimiz? 2. Hech qanday foizsiz va pulni ko‘paytirib berishsiz qarz olib boshlasak ham bo‘ladimi? Chunki bizda hozirda pul etarli darajada emas, qarz olsak biznesimizga ta’siri bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Avvalo sohani yaxshi biladigan tajribali mutaxassislardan maslahat olinglar. Shariatga muvofiq, halollik va rostgo‘ylikka e’tibor beringlar. Birovning haqqidan qo‘ringlar va doimo Allohdan baraka, rivoj so‘rab duoda bo‘lib ishlanglar. Tijoratga tegishli shariatimizdagi hukmlarni o‘rganishdan boshlanglar.2) Bo‘ladi. Qarzning biznesning halolligiga ta’siri yo‘q. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 10:24 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat