Kasbiy sirlar
Assalomu alaykum! Oshpazman. Har bir kasbning o‘ziga yarasha sir sinoatlari bor. Masalan Oshga ko‘pincha qish faslida ot yog‘i solamiz, albatta meyorida. Odamlar yonimizga kelib ot yog‘i solinmaganmi deb so‘rashadi biz ularga yo‘q deb javob beramiz. Agar Xa ot yog‘i solingan oshga desak turli bahonalar (davleniyam ko‘tarilib ketadi) deb oshdan ayb topishga o‘rganib qolishgan. Vaholangki aslida ot yog‘i davleniyani oshirmaydi. Biz ularga yo‘q deb javob berishimiz to‘g‘rimi? Boshqa sirlari ham bor, biz ularga qanday javob beraylik. Kasbiy sir hammaga ham aytilavermaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz to‘g‘risini ayting. Peshona teri bilan topadigan pulingizni halol bo‘lishiga harakat qiling. Bir og‘iz so‘z bilan harom aralashtirmang. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 10:24 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar