Nomahramlar bilan yozishish

Assalomu alaykum! Ustozlar, meni akam telegram tarmog‘ida qizlar bilan yozishib yuradilar. Ularga bu gunoh deb aytsam ham ular meni do‘stlarim, opalarim, ular bilan hech qachon noto‘g‘ri manoda gaplashmaganman deydilar. Bo‘lmasam dindan xabarlari bor, nomahramlar bilan aloqani gunohligini yaxshi biladilar. Iltimos sizdan ustozlar o‘zingiz  ularga shu haqida yaxshilab tushuntirib beringlar, telegramdagi kanalingizga obuna bo‘lganlar. Oldindan rahmat, Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Akangizga “Ayolingiz, ya’ni kelin oyim ham siz kabi begona erkaklar bilan “do‘stlarim, akalarim, ular bilan hech qachon noto‘g‘ri ma’noda gaplashmaganman” deb  yozishni boshlasa nima deysiz?” – deb ayting. Bu kabi ishlar avvalda yaxshi niyatda boshlangan ko‘rinib, oqibati shayton rozi bo‘ladigan ishlar bilan tugaydi. Bu ishlari kelajakda ayoli yoki farzandlaridan qaytib qolishini uqtirib qo‘ying. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 08:23 | Savol-javoblar | 156 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar