Pora bilan oylikni ko‘tarish
Assalomu alaykum! Men rassiyada ishlayman elektrikman. Firmada soatimga 110 rubldan pul to‘laydi. Bir oyda 400 soatga yaqin ishlayman va 44000ming rublga yaqin hak olaman. Boshqa ishchilar soatga emas oyiga ishlaydilar 50ming 55ming bir oyda 28-29 kun ishlaydi, 2 bozor kuni dam olishadi. Meni ham moishimni 50ga yoki 55ga ko‘targani uchun pul taklif qilishim joizmi? Yoki u mendan kutargani uchn pul so‘rashligi joizmi 3. Agar bular pora bo‘lsa pora berib maosh ko‘targandan keyn oladigan 50ming 55ming rublim xalol bo‘ladimi? 4. Ishga bormasdan kunini bor deb belgilatgan uchun tavba qilsa gunohi kechiriladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1-2). Bunday qilsangiz pora bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Pora beruvchiga ham, pora oluvchiga ham Allohning la’nati bo‘lsin!". "Pora beruvchini ham, pora oluvchini ham, ikkovi orasida yurib porada vositalik qiluvchini ham Alloh la’natlasin!", deganlar. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: حُجِبَتِ النَّارُ بِالشَّهَوَاتِ وَحُجِبَتِ الْجَنَّةُ بِالْمَكَارِهِ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّ.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Do‘zax shahvoniy narsalar ila o‘ralgandir.
Jannat yoqimsiz narsalar ila o‘ralgandir», dedilar».
Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Do‘zaxning atrofiga havoyi nafs o‘zini uradigan maishatparastlik, zino, qimor, o‘g‘rilik, poraxo‘rlik kabi narsalardan parda qilib qo‘yilgan. Kim o‘sha ishlarni qilsa, mazkur pardani ko‘targan bo‘ladi. Kim o‘sha pardani ko‘tarsa, uning ortida turgan jahannamga qulaydi.
Jannatning atrofiga havoyi nafsga yoqmaydigan ibodat, taqvo, sabr, achchiqni yutish, boshqalarning yomonliklarini kechirish kabi narsalardan parda qilib qo‘yilgan. Kim o‘sha ishlarni qilsa, mazkur pardani ko‘targan bo‘ladi. Kim o‘sha pardani ko‘tarsa, uning ortida turgan jannatga kiradi. (“Hadis va Hayot” kitobidan).3). Nohaqdan ishlab topilgan pul nopok bo‘ladi.4). Tavba haqiqiy bo‘lib afsuslanib va qaytib bu ishga qo‘l urilmasa inshaa Alloh qabul bo‘ladi. Ishladi deb yozdirib ishlamasdan pul olgan bo‘lsa qaytarishi ham kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 10:46 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar