Ribodan qarzni qaytarish

Assalomu alaykum! Bir tanishim qo‘shnisiga tez tez qarz berib turarkan 10 000-15 000 shu atrofida, bir kuni qo‘shnisi: biz bankda pul qo‘yganmin har oyda shu pul ustiga pul qo‘shiladi, shu pulni olib sizga qarzizni qaytaraman debdi, u aniq ribo ekanini bildik, ammo bizga bergan qarzlarimizni shu puldan qaytarsa bizga shu pul halol bo‘ladimi? bundan keyin shu qo‘shniga qarz so‘rab kelsa beraylikmi yoki bermaylikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol puldan qaytarsin. Sudxo‘rlik qiladiganlarga qarz bermaslik kerak. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 11:07 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar