Masjiddagi holatlar

Assalomu alaykum! Hurmatli  ustozlar, avvalo  noo‘rin  savollarim  uchun  uzr  so‘rayman. Men yaqinda ibodat qilishni boshlagan edim, men ishlayotganligim  uchun  ertalabki bomdod  va  kechki  xufton  nomozlarini jamoat bilan  o‘qish  uchun  masjidga  boraman. Jamoat nomoziga  borganimda ba’zi bir holatlarni  ko‘rib nima  qilishni  bilmay  qolyapman, ularga biror narsa  deyish mumkin emasligini bilamanu  bunday  xolatlarda  o‘zimni  kanday  tushni  bilmayapman: Masalan: men ko‘pincha jamoat nomoziga   azon  chaqirishdan  ilgari borib zikr va  salovotlarni o‘qib o‘tiraman. Shunda  ba’zi  nomozxonlar   sajda  qiladigan  joyga  oyog‘ini  uzatib  o‘tirganini,  bir birlari bilan baland  ovozda  gaplashayotganligini,  yoshi mendan  ancha katta  yoshdagilar  imom qiroat  qilayotganida ovozini  chiqarib «Omin»  deyishlarini, chig‘anog‘ini  joy nomozga  qo‘yib nomoz  o‘qiyotganligini ko‘raman. Men nomozni  o‘qib bo‘linganidan  keyin tashqariga  chiqqanida  tushintirish  haqida  o‘ylaymanu, lekin  men  ularga  nisabatan  yosh bo‘lsam, ular katta yoshdagi  bo‘lsa gapirsam  meni jirkib  berarmikan  deb o‘ylab  qolyaman. Men  ularga  ularni bu  kamchiliklarini ayta olmaganimga  men gunohga  botmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz ularga gapirmang. Juda ham gapirgingiz kelsa ko‘chadagi benamozlarga nasihat qiling. Siz aytgan narsalar masjid odobiga zidligi to‘g‘ri, shunday bo‘lsada ularni masjidda ekanligidan quvonishimiz kerak. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 11:42 | Savol-javoblar | 160 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar