Murobahaga salondan nomiga avtomobil olish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. https://savollar.islom.uz/s/11955 linkidagi ma’lumotni o‘qidim, lekin javobdan yaxshi anglay olmadim, shuning uchun aniqlik kiritish maqsadida Sizlarning qimmatli vaqtingizni olishga majbur bo‘ldim. Men Avtomobil olmoqchiman, lekin bozordan emas, salondan olmoqchiman. Murobaha yo‘li bilan menga bir tanishim o‘sha mashinani olib bermoqchi, olgan vaqtida to‘g‘ridan to‘g‘ri mening nomimga olishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mumkin. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 18:48 | Savol-javoblar | 165 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar