Tushkunlik va kasallik
Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar ummat uchun qilayotgan bu ishlaringizga Alloh taolo bundanda baraka bersin, sizlarni ulkan ajr mukofotlar bilan siylasin! Savolim shuki, men namoz o‘qib Alloh taoloning yordami bilan ko‘p gunoh ishlardan tiyilganimga yaqin bir yil bo‘ldi. Shu paytlarda juda ko‘p siqildim, tushkun ahvolda ko‘p yurdim va keyin nevrologga borib davolandim . Tuzaldim keyin yana tanamda og‘riqlar tushkunliklar boshlandi. Ko‘p doxtrga bordim baribir tuzata olishmadi keyin o‘ylab qoldim balkim bu o‘zimni o‘ylanishlarim dunyoqarashlarimdanmikan deb. Lekin nimaga siqilay Alhamdulillah musulmonman, musulmon odam nimaga ham siqilishi mumkinligini ham bilaman lekin hech o‘ylashlarimni o‘zgartira olmayapman. Imonimni kuchaytirib tuzalib ketamanmikinman ko‘p diniy maqolalar o‘qiman, maruzalar eshitaman, lekin battar yomonlashib stresga tushib ketaman boshida unaqa bolmasidi. Hozirgi paytda namoz oqisam o‘qigan vaqtimda shunaqangi asablarim torayib siqilib ketaman o‘zimdan o‘zim ko‘p nafsimni qiynab yubordimmikan deb bir necha yomon ish (qo‘shiq eshitib ko‘rish, Pubg o‘yinini dostlarim bilan o‘ynash va shu kabi) ishlarni qilib engillashamanmikan desam lazzatlanmayman ham oldingiday konglim ko‘tarmay iyi nima qilib qoydim deb toxtataman. Baribir foydasi ikkala tomonda ham bo‘lmayapti natijada imonim susayib ketyapti qiynalganimdan. Bazi bir namozlarni masjidga chiqib o‘qirdim, hozir chiqolmayapman ham shunaqa bolganligidan. Nima qilsam bòladi? Yanada diniy ilmimni oshiraymikan chidab? Balki o‘ylashlarim, tushunchalarim chaladir. O‘zi mendagi holat boshqalarda ham uchraydimi? Ustozlar maslahat beringlar nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Ruhiy tarbiya” kitobini o‘qing. Alloh taolo "Ankabut" surasida marhamat qiladi: أَحَسِبَ النَّاسُ أَن يُتْرَكُوا أَن يَقُولُوا آمَنَّا وَهُمْ لَا يُفْتَنُونَ 2. Odamlar «iymon keltirdik» deyishlari ila imtihon qilinmay tark etilishlarini o‘yladilarmi?
Ya’ni odamlar iymonni «og‘iz bilangina aytib qo‘yiladigan quruq gap» deb o‘ylaydilarmi? Ular, o‘zlaricha, iymon keltirdik, deb qo‘ysak, ish bitdi, mӱmin bo‘ldik, uning savobi ham bu dunyoda, ham u dunyoda o‘z-o‘zidan kelaveradi, deb o‘ylaydilarmi? Iymon so‘zidan keyin hech qanday imtihon-sinov bo‘lmaydi, deb o‘ylaydilarmi? Qadimda ham, hozirda ham ko‘plar iymon haqida xuddi shunday notӳg‘ri tasavvurda bo‘lganlar. Ularning fikricha, Allohga iymon keltirdim, deganidan keyin hamma narsa o‘z-o‘zidan bo‘laverishi kerak. Aslida, unday emas. Alloh taolo hamma narsaning yaxshisini yomonidan, haqiqiysini soxtasidan ajratish uchun bu dunyoda sinov-imtihon qoidasini joriy qilib qo‘ygan. Ma’danlarning asli ham o‘tga solinib, toblanganida namoyon bo‘ladi. Yo‘qsa, hamma ma’dan ham sirtidan ma’dan bo‘lib ko‘rinib turaveradi. Utda sinalganda esa haqiqiysi boshqalaridan ajrab chiqadi. Iymon kalimasini og‘izda aytish oson. Har kim ham, iymon keltirdim, deb aytaverishi mumkin. Ammo til bilan aytilgan kalima dildan chiqqanmi yoki yo‘qmi, buni aniqlash uchun banda sinov- imtihondan o‘tishi kerak. Bu esa qadimdan joriy bo‘lib kelayotgan odat. وَلَقَدْ فَتَنَّا الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَلَيَعْلَمَنَّ اللَّهُ الَّذِينَ صَدَقُوا وَلَيَعْلَمَنَّ الْكَاذِبِينَ 3. Va, batahqik, Biz ulardan oldingilarni ham imtihondan o‘tkazganmiz. Bas, Alloh, albatta, sodiq bo‘lganlarni ham bilajak, yolgonchilarni ham bilajak.
Ya’ni Biz iymon uchun imtihon-sinovlarga duchor bo‘layotgan Muhammad sollallohu alayxi vasallam ummatidan oldingi mӱminlarning ham boshlariga xuddi shunday sinovlarni solganmiz. «Bas, Allox, albatta, sodiq bo‘lganlarni ham bilajak, yolg‘onchilarni ham bilajak». Ya’ni Alloh taolo, albatta, mazkur sinov va imtihon orkqali iymonida sodik turganlarni yuzaga chikaradi, shuningdek, mo‘minlik da’vosida yurgan yolg‘onchilarni ham tanitib qo‘yadi. Agar imtixon-sinov bo‘lmasa, hamma sirtdan iymon da’vosini qilib yuraveradi, uning so‘zining haqiqati, qalbida nima borligi hech kimga bilinmaydi. Alloh taolo bandalarining sir- asrorlaridan xabardor Zot, sinov orqali bu sir- asrorlarni yuzaga chiqarib, bandalarning ham bundan xabardor bo‘lishini joriy qilgan. Iymondek ulug‘ ne’mat har kimga ham nasib qilavermaydi. Balki, bu ulug‘ ne’matga loyik topilganlargina erishadilar, sinovdan, imtihondan o‘tganlargina muyassar bo‘ladilar. Iymon yo‘lidagi imtixonlar turlicha bo‘ladi. Bu imtihonlarning eng ko‘p tarqalgan turi iymon yo‘lida balo-ofatlarga duchor bo‘lishdir. Bunda mo‘min kishi iymoni tufayligina kofir va munofiklarning ozor va qiynoklariga yo‘liqadi. Azob-ukubatda qoladi. Bu xildagi sinov har bir Payg‘ambar ummatidan aksarisining boshiga tushgan. Mӱminlar kofir va munofiklarning turli-tuman jismoniy va ma’naviy qiynoklariga uchraganlar. Kofirlar ularni masxara qilishar, turli gap-so‘zlar bilan kamsitishar, jazolashar edi. Xuddi shunday sinovga Muhammad sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirgan musulmonlar ham duchor buldilar. Ushbu oyati karimalar nozil etilayotgan paytlarda sahobai kiromlardan Bilol ibn Rabox, Ammor ibn Yasir, u kishining ota-onasi, Ayyash ibn Abu Robi’a, Valid ibn Valid, Salama ibn Hishom va boshqalar turli qiynoklar iskanjasida edilar. Iymon yulidagi sinov va imtihonlarning turi ko‘p. Ulardan ba’zi birlari yana sura davomida keladi. Eng muhimi shuki, kishilar qadimdan iymon yo‘lida sinov-imtihonga duchor bo‘lib kelishmokda. Shu bilan birga, kimning iymoni salobatli bulsa, sinovi ham shunga yarasha qilinadi. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissolatu vassalom: «Odamlarning eng shiddatli sinovga duchor bo‘ladiganlari Payg‘ambarlardir. So‘ngra ahli solixlardir. so‘ngra shunga o‘xshab ketaveradi. Kishi dindorligi hajmiga qarab sinaladi. Agar dinida salobatli bo‘lsa, unga sinov ham ziyoda qilinadi», deganlar. Oxir-oqibatda imtihon-sinovlardan yaxshi o‘tib, iymonini saqlab qola olgan bandalar najot topadilar. Mo‘min-musulmonlarga yomonlik qilganlar esa ikki dunyoda xoru zor bo‘ladilar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 11:29 | Savol-javoblar | 146 | Tabobat