Dinidan tonish

Assalomu alaykum! Mening bir do‘stim oilasi bilan Isroil davlatida ishlaydi. Ular oddiy ish vizasi bilan emas, balki eski arxiv hujjatlaridan katta buvisi yahudiy bo‘lganligi to‘g‘risidagi hujjatni asos qilib, muhojir maqomida ishlash uchun borishadi. Aeroportda ulardan “musulmonmisan” deb so‘rashganda ular dinsizligini aytishadi. Lekin kirib olishgandan keyin xuddi hech narsa bo‘lmagandek o‘zlarini musulmon deb hisoblab namoz, ro‘zalarni tutishadi. Chunki agar ular o‘z musulmonligini bildirishsa, ularni o‘sha zahoti mamlakatga kirgizmasdan, qaytarib yuborishadi. Savolim, 1) ular bu ishlari bilan musulmonchilikdan chiqishganmi? 2) agar chiqishgan bo‘lsa, ular bilan avvalgidek do‘st kabi muomala qilish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Boshida o‘lim tahdidi bo‘lmagan holda dinidan tonish mutlaqo joiz emas. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 11:29 | Savol-javoblar | 137 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar