Katta suralar haqida

Assalomu alaykum! Men mana ikki yildirki Alloh ketma-ket sinovlar bermoqda. Ikki yil oldin ikki oylik farzandim qornimda nobud bo‘lgandi. Fevral oyida ko‘richak bo‘lib, operatsiya bo‘ldim, hozir ham kasalxonadaman, yana bir homilam nobud bo‘lib operatsiya qilindim. Men oxirgi bir yilda ibodatni ko‘paytirdim, (oldin faqat bomdod o‘qirdim), 5 mahal namoz o‘qimoqdaman. Qolaversa, “Yosin” surasini yodladim, (Alloh qodir qilguncha). Menga aytishdiki, ibodatni ko‘paytirganda, katta suralarni yodlayotganda boshiga ko‘p musibat tushib Alloh sinar ekan. Shu gap rostmi? Men faqatgina Alloh bergan dardi uchun shukur qilib, undan go‘zal sabr so‘ramoqdaman. Bunday vaziyatda noshukurlik qilmasliq bid’atga berilmaslik va Allohni g‘azabiga uchramasligim uchun nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yolg‘on. Aksincha bu Alloh sizga hamma narsangizni but va salomat qilib berganda ne’matga shukur qilmay ibodatni tark qilganingiz uchun bo‘ladi. Shuni berganiga ham shukur qiling. Agar buni bermasdan qancha-qancha insonlar qarib qartayganda ham sog‘u salomat Alloh harom qilgan ishlarda vafot etib ketishmoqda. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:35 | Savol-javoblar | 153 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar