Zakotni bermaslik jazosi
Assalomu alaykum! Zakot bermaslikni jazosi zinodan ham yomonrokmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Oli Imron" surasida marhamat qiladi: وَلاَ يَحْسَبَنَّ الَّذِينَ يَبْخَلُونَ بِمَا آتَاهُمُ اللّهُ مِن فَضْلِهِ هُوَ خَيْرًا لَّهُمْ بَلْ هُوَ شَرٌّ لَّهُمْ سَيُطَوَّقُونَ مَا بَخِلُواْ بِهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَلِلّهِ مِيرَاثُ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ وَاللّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ 180. Alloh O‘z fazlidan bergan narsaga baxillik qiladiganlar buni o‘zlariga yaxshilik deb hisoblamasinlar. Aksincha, bu ularga yomonlikdir. Qiyomat kuni baxillik qilgan narsalari ila bo‘yinlari o‘ralur. Osmonlaru erning merosi Allohnikidir. Va Alloh qilayotgan amallaringizdan o‘ta xabardordir.
Islom dini ta’limoti bo‘yicha, insonning qo‘lidagi mol unga Alloh O‘z fazlidan bergan omonatdir. Shuning uchun u mazkur molni uning haqiqiy egasi – Allohning roziligi yo‘lida sarflashi kerak. Ammo baxillik qilib, Allohning yo‘lida sarflanmay, to‘plangan mol egasining ko‘ziga yaxshi bo‘lib ko‘ringani bilan, aslida yaxshilik bo‘lmaydi. Kim baxillik bilan to‘plagan molini yaxshilik deb hisoblasa, noto‘g‘ri o‘ylagan bo‘ladi.
«Alloh O‘z fazlidan bergan narsaga baxillik qiladiganlar buni o‘zlariga yaxshilik deb hisoblamasinlar. Aksincha, bu ularga yomonlikdir».
Bandachilik. Sirtdan qaraganda, baxillik go‘yo molni muhofaza qiladi. Tarqalib, yo‘q bo‘lib ketishidan asraydi. Lekin mol bu besh kunlik dunyoda to‘planadi, agar o‘lib ketsa, qoladi. Qolganda ham, baxillik ila to‘plangani uchun balo-ofat bo‘lib qoladi.
«Qiyomat kuni baxillik qilgan narsalari ila bo‘yinlari o‘ralur».
Bu o‘ralish qanday bo‘lishini hadisi sharifdan bilib olishimiz mumkin.
Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Nabiy alayhissalom:
«Alloh kimga mol bersa-yu, u zakotini bermasa, qiyomat kuni mol unga ko‘zoynakli ulkan ilon bo‘lib ko‘rinadi va bo‘yniga o‘raladi. So‘ngra ikki chekkasidan tishlab turib, «Men molingman, men sen to‘plagan xazinangman», – deydi», – dedilar. Keyin «Alloh O‘z fazlidan bergan narsaga baxillik qiladiganlar buni o‘zlariga yaxshilik deb hisoblamasinlar» oyatini oxirigacha o‘qidilar».
Ibn Jarir rahmatullohi alayhi rivoyat qilgan boshqa bir hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Bir kishi o‘z qarindoshiga kelib, Alloh unga bergan fazldan berishini so‘rasa-yu, u baxillik qilib, bermasa, albatta, jahannamdan katta ilon chiqib, tili bilan yalab-yalab, bo‘yniga o‘ralur», – deganlar.
Ha, inson qanchalik uzoq yashamasin, qanchalik ko‘p mol to‘plamasin, baribir bir kuni kelib o‘ladi va molu mulkini tark etadi.
«Osmonlaru erning merosi Allohnikidir».
Hamma-hammasi Allohga qoladi. Hech bir inson dunyoga ustun bo‘lmaydi.
«Va Alloh qilayotgan amallaringizdan o‘ta xabardordir».
U Zot kim baxil, kim baxil emasligini juda ham yaxshi bilib turadi. Uhud urushi haqidagi oyatlar shu erda nihoyasiga etadi. Keyingi oyatlarda Alloh taolo yahudiylarning Islomga va musulmonlarga qarshi olib boradigan faoliyatlari, makr-hiylalari haqida so‘z yuritadi.
Alloh taolo "Tavba" surasida marhamat qiladi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إِنَّ كَثِيرًا مِّنَ الأَحْبَارِ وَالرُّهْبَانِ لَيَأْكُلُونَ أَمْوَالَ النَّاسِ بِالْبَاطِلِ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ اللّهِ وَالَّذِينَ يَكْنِزُونَ الذَّهَبَ وَالْفِضَّةَ وَلاَ يُنفِقُونَهَا فِي سَبِيلِ اللّهِ فَبَشِّرْهُم بِعَذَابٍ أَلِيمٍ 34. Ey iymon keltirganlar! Albatta, ahbor va rohiblarning ko‘plari odamlarning mollarini botil yo‘l bilan erlar va Allohning yo‘lidan to‘sarlar. Oltin va kumushni jamg‘arib, Allohning yo‘lida sarflamaydiganlarga alamli azobning «xushxabar»ini beraver.
Ahli kitoblarning hibr va rohiblari mol-dunyoga o‘chligi tarixdan ma’lum va mashhurdir. Ular odamlarning mollarini botil yo‘l bilan eganlar. Ushbu oyati karimada bu qabih ish ularning «ko‘plariga» nisbat berilmoqda. Odamlarning molini botil yo‘l bilan eyishga qiziqmaydiganlari ozchilikni tashkil etadi. Bu esa voqe’likka to‘g‘ri keladi. Bir vaqtlar hibr va rohiblarning to‘plagan dunyolari podshoh va imperatorlarnikidan ham ko‘pligi oshkor bo‘lgan.
«Ey iymon keltirganlar! Albatta, ahbor va rohiblarning ko‘plari odamlarning mollarini botil yo‘l bilan erlar…»
Oyati karimada bayon qilinishicha, hibr va rohiblar faqat odamlarning mollarini botil yo‘l orqali eyish bilan kifoyalanib qolishmaydi. Balki ularni Allohning yo‘lidan to‘sadilar ham:
«…va Allohning yo‘lidan to‘sarlar».
Bugungi kunda odamlarni Allohning yo‘lidan to‘sish va musulmonlarni Islomdan chiqarish maqsadida hadsiz-hisobsiz mablag‘lar sarflanmoqda. Hibr va rohiblarning odamlarni Allohning yo‘lidan to‘sishlari haqida har qancha gapirilsa, oz. Shu bois ham ularga qarshi yuqoridagi hukm chiqqan. Oyatning davomida oltin-kumushlarni yig‘ib-to‘plab, Allohning yo‘lida sarflamaydiganlarga alamli ozoblar bo‘lishi haqida ham so‘z ketadi.
«Oltin va kumushni jamg‘arib, Allohning yo‘lida sarflamaydiganlarga alamli azobning «xushxabar»ini beraver».
Mazkur alamli azobning qanday bo‘lishi quyidagi oyati karimada bayon qilinadi: يَوْمَ يُحْمَى عَلَيْهَا فِي نَارِ جَهَنَّمَ فَتُكْوَى بِهَا جِبَاهُهُمْ وَجُنوبُهُمْ وَظُهُورُهُمْ هَذَا مَا كَنَزْتُمْ لأَنفُسِكُمْ فَذُوقُواْ مَا كُنتُمْ تَكْنِزُونَ 35. Bir kuni o‘sha(oltin-kumush)lar jahannam otashida qizitilur va peshonalari, yonboshlari hamda orqalariga bosilib: «Mana bu o‘zingiz uchun to‘plagan narsangiz, bas, endi to‘plab yurgan narsangizni tatib ko‘ring!» – (deyilur). ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 11:51 | Savol-javoblar | 155 | Zakot