Muavvizatayn

Assalomu alaykum! Vitr vojib namozini 3-rakatida payg‘ambarimiz salloloxu alaxi vassallam Qul xuvallohu axad va muavvizatayn o‘qir edilar deyilgan Abdulaziz ibn Juray roziyalloxu anxudan qilingan rivoyatda. Lekin tushunmaganligim bois bir tanishimdan so‘raganimda birinchi Falaq, Nas va Qul xuvallohu axadni oxirida o‘qisan keyin Allohu akbar deb qunutni o‘qisan dvotti. Iltimos vitr vojib namozini 3-rakatini ketma-ketligini qanday o‘kilishini tushuntirib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zam suralarni Qur’onda kelgan tartibi bilan tepadan pastga qarab o‘qiladi.
 Vitr namozi uch rakat bo‘lib, bir salom bilan o‘qiladi. Vitr namozining avvalgi ikki rakati boshqa ikki rakatli namozlar kabi ado etiladi. Uchinchi rakatning ruku’sidan oldin takbir aytib, qo‘llar quloqlar to‘g‘risigacha ko‘tariladi, yana kindik ostiga qo‘yiladi va shu holatda Qunut duosi o‘qiladi. Vitr namozining har bir rakatida Fotiha surasidan so‘ng biror sura qo‘shib o‘qiladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 11:51 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar