Dushanba payshanba kungi ro‘za niyati

Assalomu alaykum! Dushanba va payshanba kunlari qazo ro‘zalarimni tutishni boshladim. Bazan saxarga turishga qiynalaman goxida yarim tunda uyg‘onaman shunday paytlari tunda uyg‘onib qolganimda yoki ertalab turganda niyat qilib qo‘yaversam shu ro‘zalarim durust bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qazo ro‘zalarga kechasidan niyat qilish shart. Ya’ni ertaga qazo tutaman degan niyat bo‘lish kerak. Shunga binoan bir kun oldin ertaga ro‘za tutaman deb niyat qilgan bo‘lsangiz, o‘sha kifoya qiladi. Muhimi saharlik vaqtidan keyin hech narsa eb-ichmasangiz bo‘ldi. “Kifoya” kitobida shunday deyilgan:
«Qazo, kafforat va mutlaq nazr ro‘zalar uchun kechasi tayin qilib, niyat qilish shart qilingan».
 Chunki mazkur turlardagi ro‘zalar uchun ajratilgan tayinli vaqt yo‘q. Shuning uchun ularning boshlanish vaqtini tayin qilish vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 11:51 | Savol-javoblar | 169 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar