Musofir taomi
Assalomu alaykum! 1. Men Rossiyadaman do‘konga kirib go‘sht olaman desam, u mol bo‘sin yoki tovuq ular bismillax aytib so‘yilmagan, uni istimol qilish joiz bo‘ladimi? lekin bu erda musulmonlarning xam qasobxonasi bor. U erda xalal deb yozib qo‘yibdi nima qilishni buyurasiz? 2. Rassrochkaga telefon olgandim (majbur bo‘lganimdan), telefonning o‘zi 11.999 rubl turadi, 6 oyga olsa 1000 rubl qo‘yar ekan. Uni olganim joiz bo‘ldimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bismillah aytilmagan bo‘lsa, eyishingiz halol bo‘lmaydi. Siz musulmon so‘yib sotayotgan o‘sha joydan olib iste’mol qiling. Alloh taolo "An’om" surasida marhamat qiladi: وَلاَ تَأْكُلُواْ مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ اسْمُ اللّهِ عَلَيْهِ وَإِنَّهُ لَفِسْقٌ وَإِنَّ الشَّيَاطِينَ لَيُوحُونَ إِلَى أَوْلِيَآئِهِمْ لِيُجَادِلُوكُمْ وَإِنْ أَطَعْتُمُوهُمْ إِنَّكُمْ لَمُشْرِكُونَ 121. Ustida Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni emanglar. Shubhasiz, u fisqdir. Albatta, shaytonlar o‘z do‘stlariga sizlar bilan tortishishni vasvasa qilurlar. Agar ularga itoat qilsangiz, albatta, sizlar ham mushriklar bo‘lursizlar. 2). Shartnomasida oylik to‘lovini kechiktirsa jarima yoki penya to‘laydigan bo‘lsa shar’an halol bo‘lmaydi. Tezroq to‘lab qutiling. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 11:26 | Savol-javoblar | 176 | Turli savollar