Maxbuslarga zakot

Assalomu alaykum! Qamoqdaga jazosini olayotgan maxbuslarga zakot qilib yordam kirgizsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zakotga haqdor bo‘lsa bersa bo‘ladi. Faqat zakotda “tamlik” degan shart bor. Ya’ni olgan odam o‘zi tasarruf qila oladigan holatda mulk qilib berish kerak. Qamoqxonaga berib bo‘lmaydi. Har bir haqdorning qo‘liga berish kerak. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 12:13 | Savol-javoblar | 143 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar