Yo‘q o‘quvchilarga maosh olish
Assalomu alaykum! Ustozlar, oldingi bergan javobingiz menga katta yordam berdi. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin va ilmingizni ziyoda qilsin. Men talabaman va ishlayman xam. Tanishim ishga joylab qo‘ygan. Menga ko‘p o‘quvchilar yozilgan ammo men xammasiga xam dars o‘tmayman. (Menga dokumentda yozilgan bollar shug‘ullanishmaydi yani umuman kelishmaydi shunchaki oylik to‘liq bulishi uchun yozilgan deyishdi). Oldin bu narsaga chunmaganman. Ammo xozir bu narsa noto‘g‘ri deb o‘ylayapman. Xammasiga dars o‘taman xalollab olaman desam bu o‘quvchilar umuman yo‘q deyishdi. Ishdan ketay desam uydigilarim bu pullar xalol, ketma deyishyapti. Olayotgan pullarim xalolmi yoki ularni exson qilishim kerakmi? Oldingi javobingizdan keyin uydigilarimga chuntirishim osson bo‘ldi shu bois yana sizlarga murojat qildim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yo‘q, o‘quvchilar ustidan beriladiganini olmang. O‘zlari qiyomatda nima deb javob berishsa berishaversin. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 12:13 | Savol-javoblar | 163 | Halol va harom