Zafaron bilan yozilgan duo

Assalomu alaykum! Za’faron rang bilan ba’zi oyatlar yozilgan qog‘ozni ko‘ramiz. Odatda uni qaynagan suvga solib, ranggi chiqqach ichish buyuriladi. Aytingchi bu haqda shariatimiz hukmi qanday? Uni ichishni qanday foydalari bor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Oyat va hadislarda bu haqida hech narsa kelmagan. Agar shunday qilish biror odamga foyda qilgani tajriba orqali bilinsa, qilsa zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 11:30 | Savol-javoblar | 158 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar