Qazo namozida ixtilof

Assalomu alaykum! Bir tanishim 20 yillik qazo namozlarini o‘qishni niyat qildilar va o‘qishni boshladilar xam. Va o‘sha tanishim Shayx Rahimahullohni qazo namozlari xaqida maruzalarini eshitib, o‘qilgan 1 qazo namozi 2 namozga teng dagan xulosaga kelibtilar. Men ularga siz noto‘g‘ri tushunibsiz deyishimga qaramay, o‘zlarini gaplarini maqullayaptilar. Tanishim maruzani to‘g‘ri tushunganlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri tushunganlar. Har bir qazo namozni farzi va vitrni qanday qoldirgan bo‘lsa o‘shanday o‘qish shart. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 12:46 | Savol-javoblar | 156 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar