Kitobdan o‘qiganlarim to‘g‘rimi?

Assalomu alaykum! Hurmatli uztozlar, bizlarga ilm olishda yordam berayotganingiz uchun Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. 5 vaqt namoz o‘qiyaman, lekin arab tilida o‘qishni ham yozishni ham bilmayman. Inshollox o‘rganish niyatim bor. Savolim shuki Qur’oni Karimdagi Sura va Oyatlarni Muqqaddas oylar va Mustajob duolar kitobidan o‘qiyman, namozdan so‘ng Oyatlar va zikrlarni, salovatlarni shu kitobdan o‘qib o‘rgansam bo‘ladimi? U kitob xato yozilmaganmi? Yana qaysi kitobni o‘qisam bo‘ladi? Javoblaringiz uchun katta rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ha bo‘ladi. Faqat bu holda davomli qolib ketmang. Eng ozida namozda o‘qiydigan suralarni biron biladigan odamga o‘qib bering, xatolaringizni tuzatib oling. Ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning qalamlariga mansub “Mo‘minning me’roji” nomli kitobini ham olib o‘qing. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:38 | Savol-javoblar | 137 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar