Zaif iymon sohibi

Assalomu alaykum! Men ahvolim yaxshilanib o‘zimni engil sezib boshlagan vaqtimda namoz o‘qishdan, avvalgidek Allohni zikrini qilib yurishga beparvoligim tutib erinib qolyabman. Ertangi bundanda yaxshi holat va yutuqlarga erishsam namoz ibodatlarimdan butunlay uzoqlashib kofir bo‘lib qolishimni o‘ylab qattiq siqilib azob chekayabman. Ichimda shunday yaramaslik hislar, o‘y fikrlar o‘z yo‘liga undab turadi. Gunohlarim va qilib qo‘yishim mumkin bo‘lgan shu tuyg‘u, xohish va istaklar sabab o‘zimni hammadan past sanab, hurmat qilmay qo‘yganman. Yashashni emas o‘lishni istayman, lekin o‘limdan ham qo‘rqaman. Menga maslahat beringlar, sizlardek taqvoli, kuchli iymon sohibi bo‘lishni xohlayman. Aziz akalarim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Solih kishilarning suhbatlariga qatnab turing. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:34 | Savol-javoblar | 171 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar