Dadamning qazo namoz va ro‘zalari
Assalomu alaykum! Bir kilo bug‘doy bozorda 3000, davlat narxi 1750 so‘m ekan. Dadamning qazo namozlarini fidyasini qaysi narxdan beraman. 2. Dadamning qazo ro‘zalarini tutib bersam bo‘ladimi yoki fidyasini berishim kerakmi. 3. Dadamni qabri yoniga archa yoki boshqa daraxt eksam bo‘ladimi. 4. Dadamni qabriga mar-mar toshga qabrlarning tartib raqamini yozib qo‘ysam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Siz davlat narxidan emas o‘sha beradigan vaqtingizdagi bozor narxidan hisoblang.2). Namoz va farz ro‘zalar bu farzi ayn ibodatlar bo‘lib, ular har bir kishining o‘zini zimmasiga farz bo‘ladi. O‘rniga boshqa odamlar ado qilishi joiz emas.3). Aslida qabristonga ortiqsa pul sarflamaslik tavsiya qilinadi Shundan kelib chiqib, isrof qilmay, qimmat bo‘lmagan ko‘chatlar eksangiz bo‘ladi. Mevali daraxt ekmaganingiz ma’qul.4). Qabristonning raqami kifoya qiladi. Marmarga ketadigan mablag‘ni sadaqa qilib, savobini dadangizga bag‘ishlaganingiz afzal. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 13:18 | Savol-javoblar | 158 | Ibodatlar