Qur’onni sotib olishda savdolashib bo‘lmaydimi
Assalomu alaykum! Men xomiladorman. Shu payt ko‘proq Qur’on o‘qiy deb bugun kitobni o‘zimga xam sotib olish uchun yaxshi niyatlar bilan bozorga bordim. Chunki boshqalarni kitobidan foydalanardim. Kitob rastalarini ko‘rib yurib birini tanladim. Sotuvchi yigit va qiz bor edi. Qizdan kitobni pulini so‘radim. 190 ming dedi. Maylimi ichini ko‘rsam dedim. Qiz qo‘limga berdi. Kitobni ko‘ryotib unga 170 larga bersangiz bo‘lmaydimi deb so‘radim. Qiz xali gapirmay turib sotuvchi yigit menga kitobni berib turing dedi. Berdim. Olib joyiga qo‘yib qo‘ydi. Xayron bo‘lib so‘radim. Nega bunday qildiz men tushunmadim. Yigit qaerdan olsang ol men senga sotmayman. Menga musulmonchilikda shunday tarbiya berishgan. Kitob savdolashilmaydi dedi, g‘alati bo‘lib ketdim. Nega savdolashish gunoxmi. Gunox bo‘lsa musulmoncha tarbiya shunakami dilozorlik bilan tushintirilami. Ko‘nglim buzildi. Xomiladorligimni ko‘rib boshqa chiroyli muomila qilayotgan rus sotuvchisi ko‘zimga yaxshiroq ko‘rindi. Men xam musulmon ayolman desam “biz islomiy tarbiya olganmiz siz kabimasmiz” deydi. Islomiy tarbiyada shunday deyilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qur’on kitobini savdolashib olishning hech qanday zarari yo‘q. U yigit shariatimizga zid muomala qilibdi. Aynan o‘shandek insonlarga qarata Alloh taolo Qur’oni karimda quyidagicha marhamat qilgan: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ ادْخُلُواْ فِي السِّلْمِ كَآفَّةً وَلاَ تَتَّبِعُواْ خُطُوَاتِ الشَّيْطَانِ إِنَّهُ لَكُمْ عَدُوٌّ مُّبِينٌ 208. Ey iymon keltirganlar! Islomga to‘lig‘icha kiring va shaytonning izidan ergashmang. Albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir.
Ma’lumki, «Islom» so‘zi «Allohga bo‘ysunish» ma’nosini bildiradi. Bu holatda oyatning umumiy ma’nosi «Allohga butun borlig‘ingiz ila bo‘ysuning», degani bo‘ladi. Ya’ni Allohga bo‘ysunish to‘laligicha bo‘lsin. Tili bilan bo‘ysunib, dili bilan bo‘ysunmasdan yoki badani bilan bo‘ysunmasdan qolish kerak emas. Xullasi kalom, bo‘ysunish to‘laligicha, hamma tomondan bo‘lishi kerak.
«Islom»ning mashhur ma’nolaridan biri Alloh Muhammad alayhissalomga nozil qilgan dindir. Bu holatda oyatning umumiy ma’nosi – «Islom diniga to‘lig‘icha kiring» bo‘ladi. Islom insonning hayotini to‘lig‘icha qamrab olgan dindir. Bugun xalqimiz orasida ko‘plarimiz nima qilyapmiz? Nomlarimizga, nasl-nasabimizga qaralsa, hamma musulmon. Kimligi surishtirilsa, «Men musulmonman», deydi-yu, ammo o‘zi g‘ayri muslimlarning ishini qilib yuradi. Yana: «Nimaga musulmon bo‘lsak ham, ishimiz yurishmayapti?» – deya noliydi. Dinga, Allohga tuhmat qiladi. Ko‘rayotgan ko‘rgiliklari o‘zi musulmon bo‘la turib, Islomda yashamayotganining oqibati ekanini xayoliga ham keltirmaydi. Holbuki, ayb o‘zida. Boshiga tushgan omadsizliklarni Islomdan ko‘rishga hech bir musulmonning haqqi yo‘q. Islom bir-birini to‘ldirib keluvchi turli ta’limotlar va amallarning majmuasidir.
«…va shaytonning izidan ergashmang. Albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir».
Demak, Islomga to‘laligicha kirilmaganda, shaytonning izidan ergashilgan bo‘lar ekan. (“Baqara” surasi). Vallohu a’lam!
9 May 2022, 15:43 | Savol-javoblar | 184 | Moliya va tijorat