Avtobusda shom namozi

Assalomu alaykum! Bilishimcha shom namozining vaqti osmondan qizil shafaq ketguncha. Qish fasli yaqinlashib qoldi va shom namozining vaqti xam ertaroq o‘qiladi. Men fabrikada ishlayman, bizni avtobusda olib ketishadi. 1 soatlar atrofa yo‘lda bo‘lamiz va shom vaqti o‘tib ketguncha yo‘lda bo‘laman. Men namozni avtobusda o‘tirgan xolatda Allohga tavakkal qilgan xolda yo‘lda o‘qiyveramanmi? Nima qilishni bilmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avtobusda o‘qish joiz emas. Xuftonning vaqti kirgunicha o‘qib olsangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:10 | Savol-javoblar | 144 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar