Sayyoxlik xizmati
muxtaram Ustoz. Allox yulida kilayotgan ishlaringizga Alloxning uzi barakot bersin. Bir mumin birodarim chet ellik sayexlarga xizmat kursatadi, i u erga asosan balki doim nomusulmon sayyoxlar keladi, kamdan kam musulmon chet elliklar bulib koladi, kelganda xam ular bilan juda mirikib iymonlashamiz. Birodarimningg kichkiagina shaxsiy mexmonxonasi bor, chet elliklarni kabul kilib joy beradi, ularga sayyoxlik va transport xizmatlarini taklif kilib makul kelsa ularga usha ishlarni kilib beradi. Birodarim mu’min bulganligi uchun mexmonxonasida spirt ichimlik olib kelish va ichishni takiklagan va bunga katiy amal kilinadi. Va bu mexmonxonasiga xech xam maxalliy axoli kuyilmaydi fakat chet elliklar uchun. Mexmonxonasida 3 ta xona bulib bittasi fakat chet ellik ayellarga bulsa ikkinchisi chet ellik erkaklar uchun va bitta xonasi birga kelgan er va ayol uchun bulib bu chet ellik erkak va ayolni er xotinligi surishtirilmaydi, usha aloxida xonani suralsa beriladi. Birodarim shu ishga meni xam taklif kilayapti. Ustoz savolim kuyidagicha: chet ellik erkak va xotinga usha aloxida xonani surashsa, berishligi tugrimi? Agar chet ellik erkak va ayol usha aloxida xonani surasa biz ulardan er xotinligini talab kilishimiz kerakmi? (lekin ular uchun nikox 3-4 darajali masala bulib xisoblanadi, 4-5 yil «birga» yurib, bir birini «yaxshi sinagach» keyin makul kelsa turmush kurishadi bulmasam turmush xam kurmaydi, agar turmush kurgan bulsa xujjat talab kilish kerakmi, nikox xujjati esa doim birga bulmaydi ) Birodarim xam shu savolning echimini izlayapti, men xam shu masala xal bulsa keyin birga ishlashlikni kutib turibman. bizga shu masalamizni echimni bilib bering Ustoz, kanday yul tutsak tugri buladi? Allox azza va jalla sizni va bizni uz raxmatiga olsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ichishni taqiqlagan kabi er-xotin bo‘lmaganlarni mazkur xonaga qo‘yishni ham taqiqlab qo‘yish yaxshi. Ularning gapini hujjat qilib olsa bo‘ladi.
4 May 2022, 18:57 | Savol-javoblar | 174 | Islam
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ichishni taqiqlagan kabi er-xotin bo‘lmaganlarni mazkur xonaga qo‘yishni ham taqiqlab qo‘yish yaxshi. Ularning gapini hujjat qilib olsa bo‘ladi.
4 May 2022, 18:57 | Savol-javoblar | 174 | Islam