Shimni poychasini qayrish

Assalomu alaykum! Ibn Mas’ud roziyallohu anhu pochasini to‘pig‘idan tushirib olgan kishini ko‘rib: «Izor-(ishton)ingni ko‘tar», dedilar. U: «O‘zingiz ham izoringizni ko‘taring, ey Ibn Mas’ud!», dedi. Shunda Ibn Mas’ud: «Men sen kabi emasman. Darhaqiqat, ikki boldirim nozik-(ingichka), va men odamlarga imomlik qilaman», dedilar. Bu (xabar) Umar (roziyallohu anhu)ga etib borganda ana u kishini shunday deya kaltaklay ketdilar: «Ibn Mas’udga (gap) qaytarasanmi?!». Shu hadis sahihmi, agar sahih bo‘lsa biz kiyib yurgan shimni to‘piqdan tepada turadigan qilib olishimiz kerakmi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu boqeani Abu Voil rivoyat qilgan. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qinghttps://fiqh.uz/maqola/846

12 May 2022, 13:29 | Savol-javoblar | 151 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar