Xasta xolida taxorat va namoz
Assalomu alaykum! Otam yurak xuruji sabab 5 kun reanimatsiya bo‘limida to‘shakka mixlanib qoldilar. Doktorlar be’morni tinch xolatda ushlashni va xarakatlanishni man etishdi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan otam yotgan joylarida tayammum qilib (Yotgan to‘shaklariga qo‘llarini urib tirsaklariga kaftlarini surtganlar) yotgan xolda imo ishora orqali 1-2 kunlik farz namozlarini o‘qiganlar (sunnatni o‘qimaganlar). Muvaffaqiyatli kechgan yurak operatsiyasidan so‘ng otamni uyga ruxsat berishdi. Xozirda taxorat qilishga imkonlari bo‘lsada, ammo doktorlar qiyomda turgan xolda namoz o‘qishni man etishgan. Shu sababli o‘tirgan xolatda va sajdani xam boshni erga tekkizmasdan ado qilayabdilar. Savol: Ushbu holatda otam qaerda va qanday xatolarga yo‘l qo‘yganlar? Xatolar bo‘lsa ularni qanday to‘g‘irlash kerak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday namoz o‘qishlari joiz. O‘tirib, ruku’ va sajdani ishora bilan qiladilar. Sajdalari uchun ruku’dan pastroq engashadilar. Stulga o‘tirib o‘qisalar ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 13:29 | Savol-javoblar | 154 | Namoz