Uyga vazifani bajarilmasa jazo tariqasida pul to‘lash
Assalomu alaykum! Chet tilini o‘rganish uchun o‘quv markaziga boraman. O‘quvchilar uyga vazifani to‘liq bajarishmasa ustozimiz belgilagan miqdorda jarima to‘lashadi. Misol uchun 4ta kitobdan uyga vazifa berilgan bo‘lsa va o‘quvchi 3 tasini bajarib 1 tasini bajarmasa 10.000 so‘m jazo tariqasida, agar 2 tasini bajarib 2 tasi qolib ketsa 20.000 so‘m jarima. 1 ta dars qoldirilsa 50.000 so‘m jarima. Jarimadan yig‘ilgan pullarni ustoz xoxlasalar o‘z ixtiyojlariga yoki darsimiz unumdorligini oshirish uchun darsimizga kerakli buyumlarga ishlatadilar. Savol: Ustozimiz ushbu yig‘ilayotgan pulni o‘z ixtiyojiga ishlatishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘qituvchi o‘quvchilarni biror sabab bilan moliyaviy jarimaga tortishi joiz emas. Shartnomada agar tomonlardan biri shartnoma shartlarini bajarmasa, jarima to‘lashi va to‘langan jarimani ikki tarafga ham taalluqli bo‘lmagan uchinchi tarafga xayriya maqsadida berishni shartlashsa, bazi ulamolar joiz deyishgan. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 01:53 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom