Qaynota oldida ro‘mol o‘rash

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, sizlardan o‘zimni qiziqtirgan savolga javob olmoqchi edim. Eshitishimcha qaynota kelinga nomahram hisoblanar va kelin qaynota oldida ro‘molsiz kurinishi mumkin emas ekan, shu to‘g‘rimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Modomiki kelin erining nikohida bo‘lar ekan, qaynota unga mahram hisoblanadi. Lekin bu mahramlik eri tufayli sobit bo‘lmoqda. Bu bilan abadiy nikohlari harom bo‘ladi, ammo hozirgi kundagi fitnalar tufayli qiz va ota darajasiga o‘tib ketmaslik kerak. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 11:41 | Savol-javoblar | 191 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar