Uzilgan tana a’zosini nima qilish kerak

Assalomu alaykum! Yaqinda bir qarindoshimizni qo‘lini ish joyida extiyotsizligi sababli lentaga kirib tirsagiga yaqin joyigacha uzilib ketdi. Qo‘lni uzilgan qismini o‘zini bobosini qabrini bir chekkasiga kovlab qo‘yib kelishibdi. Aytishlaricha uzilgan qo‘lini olib qo‘yib o‘lganda birga ko‘mish kerak emish bo‘lmasa o‘sha qo‘l egasiniyam qabrga chaqirarmish. Aslida shu bo‘lgan voqea xam Allohimni sinoviku inson qancha yashashini faqat u belgilaydi bunga shubham yo‘q. Faqat rostdan ham shu qo‘lni olib qo‘yib egasi dunyodan o‘tganda birga ko‘mish kerakmidi. Aslida bu savolim so‘rashga arzirli savol emas. Lekin qarindoshlarimizni oilasi shu gapni eshitib noto‘g‘ri ish qilibmiz deb xunob bo‘lishyabdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “uzilgan qo‘lini olib qo‘yib o‘lganda birga ko‘mish kerak emish bo‘lmasa o‘sha qo‘l egasiniyam qabrga chaqirarmish” degan gap dinimizda yo‘q. To‘g‘ri qilishibdi. Qabristonga hayvonlar qazib olmaydigan darajada chuqur qilib ko‘mib qo‘yilsa kifoya. Vallohu a’lam!

18 Noyabr 2023, 12:46 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar