Nima qilsam to‘g‘ri bo‘ladi
Assalomu alaykum! Oldin insofsiz holatda yurganimda odamlarni haqqini olib qo‘yganman. Hisoblasam chamasi 16 million atrofida ekan. Shuni uzish harakatida mart oyidan buyon harakat qilyabman. Tirikchilikdan ortmayabdi. Ortsa ham ozgina ortadi. Yana bir muammo men ayolsiz juda qiylanyabman. Haligacha uylanganim yo‘q. Zino ko‘zimga oddiy bo‘lib ko‘rinib ketyabdi. Alhamdulillah zino qilmaganman. Kechalari uhlashim qiyin. Mazam bo‘lmay uhlay olmayman. Shunday holat bo‘ladiki ishlarimda risoladagidek ishlay olmayman. Ich ichimga sig‘may ketaman. Kitob o‘qisam hech narsa kirmaydi miyyamga. Bir necha marta o‘zimni urug‘imni chiqarib yuborgandim. Allohga yig‘lab tavba qilaman. Shu ishni qilib qo‘ygandan keyin qalbim og‘rib, siqilib yuraman. Shu ish sababli Allohdan uzoqlashib ketdim. Yana shunday qilib qo‘yishdan qo‘rqaman. Qiylanayotgan odam ko‘proq ro‘za tutsa shunda taʼsiri bo‘ladi. Men Ro‘za tutsam jismoniy mehnat qilganim uchun talab darajasida ishlayolmayman. Undan tashqari mana ramozonda ro‘za tutdik, o‘shanda ham qiylanib og‘rib qolgandim. Tabib dori yozib berib, uylanish kerak degandi. Hozir masjiddagi jamoatimizdan bir birodarimiz o‘zi taklif qilib uylaning men 5, 6 million beraman deyabdi. Men haqlarni ishlab topib tezroq uzib qutilishim kerakligi uchun taklifink qabul qilganim ham yo‘q, rad qilganim ham yo‘q. Sizlardan so‘ray degandim. Ota onagiz yordam bersin deyishingiz mumkin. Meni otam 6 yoshimda o‘tib ketganlar. Onam o‘qishimni harajatini menga berar edi. O‘qishni to‘htatishimga qarshi edi. Onam nega o‘qishni to‘htatganimni sabablarini biladi. Onam o‘qishingni boshlab o‘qi deb menga yordam bermaydi. Tabib bergan qog‘ozlarni onamga ko‘rsatganman, muammoni aytganman. Shunday bo‘lsada uylanishimga ham qarshi. Agar uylansam ham oilani rizq kelish sababini qilish ham meni zimmamda bo‘ladi. Keyin menda yashashga sharoit talab darajasida bo‘lmaganligi sababli meni imkoniyatimga rozi bo‘ladigan soliha ayol topishim kerak bo‘ladi. Haqlarni uzish kerak. Uylanmasdan ishlab haqlarni uzishga harakat qilaversammikin? Shu holatda nima qilsam to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizning holatingizda avval uylanishingiz kerak. Chunki haromga yurish ehtimolingiz bor ekan. Shuning uchun tezroq uylaning. Keyin haqlarni ado qiling. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 14:24 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizning holatingizda avval uylanishingiz kerak. Chunki haromga yurish ehtimolingiz bor ekan. Shuning uchun tezroq uylaning. Keyin haqlarni ado qiling. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 14:24 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar