G‘ayridin exsoni

Assalomu alaykum! Ustozlar sizga savolim firantsiyalik bir ayol tuzalmas og‘ir xasta ekan. U o‘z boyliklarini bir qismini mening nomimga exson qilmoqchi ekan. U musulmon emas, uning bu taklifiga qanday javob berishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi paytda shu kabi gaplar sodda odamlarni laqillatishyapti. Ehtiyot bo‘lish kerak. G‘ayri din va kofirlarning bergan ehsonlarini olish uchun musulmonlar dinlaridagi biror narsani tark qilishlari va u bilan berganlarga qaram bo‘lish kabi shar’an man qilingan ishga sabab bo‘lmasa, qabul qilsalar bo‘ladi. Sizga nima sababdan bunday ehson qilmoqchi ekanini bilmaymiz, lekin shu holatga e’tibor bering. Dunyoni deb diningiz va oxiratingizga zarar etkazib qo‘ymang. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 04:40 | Savol-javoblar | 156 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar