Tilla zirak, omonatmi?
Assalomu alaykum! To‘yimizdan so‘ng erimning buvisi menga tilla zirak bergan. Buvimizga qaynonasi bergan ekan. Meni ham kelin olsam kelinimga berishimni aytgan. Shu tilla zirakni zakotga tillam nisobga etishini tekshirish uchun tillalarim hisobiga qo‘shamanmi? Yoki bu omonatmi? Agar omonat bo‘lmasa sotib pulini ishlatsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar hayotlik vaqtlarida sizga hadya deb bergan bo‘lsa mutlaqo sizni ixtiyoringizda bo‘ladi. O‘zi mulkingiz bo‘lsa nisobga qo‘shasiz. Agar qizingizga berasiz deb tayin qilgan bo‘lsa qizingizga hadya bo‘lib unga berishingiz kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 14:35 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar