Sotuvda bo‘lgan kitobni saytdan bepul ko‘chirish

Assalomu alaykum! Men «Ibodati islomiya» kitobini internetdan qidirib ko‘rdim. Lekin sotuvda yo‘q ekan (bir saytdan tashqari). Keyin Hilol nashrdan elektron variantini qidirib ko‘rdim, u erda yo‘q ekan. Lekin ba’zi saytlarda bepul elektron varianti bor ekan - madrasa.uz (adashmasam sizlarga tegishli ekan), azon.uz da. Keyin shu saytdan - madrasa.uz dan ko‘chirib oldim. Savolim: Men sotuvda bo‘lgan kitobni saytdan bepul ko‘chirib o‘g‘rilik qilgan bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu kitobni “Fikr media” nashriyoti nashr qilgan bo‘lib, madrasa.uz va azon.uz sahifalarida ruxsat bilan qo‘yilgan ekan. O‘qishingiz joiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 14:35 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar